G’aznachilikni tashkil etish ishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirishga tayerlanish chora-tadbirlari to’g’risida” 2002 yil 26 apreldagi 144-son qarori qabul qilinishi bilan boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2004 yil 26 avgustda “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonun qabul qilinishi G’aznachilikning tashkil etilishida va Davlat byudetining g’azna ijrosi joriy etilishida muhim bosqichlardan biri bo’ldi. Qonun 2006 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining ayrim elementlarini tajriba shaklida joriy etish 2005 yil 1 iyundan boshlab Toshkent shahrida va Samarqand viloyatida boshlandi.
Byudjetning g’azna ijrosi elementlarini bosqichma-bosqich kengaytirish 6 mintaqada (Qoraqalpoғiston Respublikasi, Buxoro, Namangan, Surxondare, Sirdare va Xorazm viloyatlari) 2006 yilda, qolgan mintaqalarda (Andijon, Farg’ona, Toshkent, Jizzax, Qashqadare va Navoiy viloyatlarida) 2007 yildan amalga oshirildi.
Respublika va hududiy g’azna hisobvaraqlaridan foydalangan holda Davlat byudjeti g’azna ijrosining to’liq qamrab olinishi 2008 yil oxirigacha rejalashtirilmoqda.
Ixtisoslashtirilgan moliya organi - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son qarori asosida respublikaning barcha mintaqalarida 2007 yildan boshlab tashkil etildi.




